«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa hujumchisi Kilian Mbappega qo‘yilayotgan ayblovlarga munosabat bildirdi.
«Men bu yerda mish-mishlarga javob berish maqsadida o‘tirmayapman. Men bor e’tiborimni ish jarayoniga qaratganman. FIFA kunlari bilan bog‘liq tanaffus Kilianga foydali bo‘ldi. Men mish-mishlarga quloq solmayman. Bu gaplar futbolchiga hech qanday ta’sir qilmaydi. Dam olish kunlari nima bilan shug‘ullanishni futbolchining o‘zi belgilaydi. U 2 kunga Londonga ketdi va buning uchun hech kimdan ruxsat so‘ramaydi. O‘yinchilar uchun sayohat uyushtiradigan menda turistik agentlik yo‘q», – dedi Anchelotti klub rasmiy saytiga bergan intervyusida.