Dortmundning "Borussiya" klubi vinger Jeymi Bano-Gittensni yaqin kelajakda sotishni rejalashtirmayapti. 20 yoshli futbolchiga “Chelsi” va “Liverpul” klublari qiziqish bildirmoqda.
Jurnalist Kristian Falkning so‘zlariga ko‘ra, "bambllar" yanvar oyida ingliz futbolchisi bilan xayrlashish niyatida emas, ammo 100 million yevro miqdoridagi takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
Jeymi Bano-Gittens bu mavsumda Nuri Shahin jamoasi safida o‘nta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.