"Bayer" futbolchisi Florian Virsni kelasi yozda qo‘lga kiritish qiyin bo‘ladi.
Hujumkor yarim himoyachiga "Bavariya", "Manchester Siti", "Real" va Yevropa futbolining boshqa gigantlari qiziqish bildirmoqda. Bayern & Germany xabariga ko‘ra, "dorichilar" o‘z yulduzlari uchun kafolatlangan to‘lovlar sifatida taxminan 90-100 million yevro, qo‘shimcha ravishda bonuslar yoki o‘yinchilar evaziga so‘rashadi.
Yaqinda "Bayer" 21 yoshli germaniyalik futbolchini "Bavariya"ga qo‘yib yuborishni rejalashtirmayotgani ma’lum bo‘ldi, bu esa futbolchining xorij klubiga o‘tish imkoniyatini oshiradi.