"Barselona" yaqin orada Gavi bilan yangi shartnoma tuzmoqchi.
20 yoshli yarim himoyachi o‘tgan yilning noyabr oyidan buyon o‘ynamadi, chunki xoch bog‘lamidan jarohat olgandi. Endi futbolchi maydonga qaytishga yaqin turibdi - shundan so‘ng darhol "Barselona" shartnomasini uzaytirishga harakat qiladi.
"Men Gavi bilan shartnoma uzaytirilishini tasdiqlashim mumkin", - deya jurnalist Fabrisio Romano Kataloniya grandi prezidenti Joan Laportaning so‘zlaridan iqtibos keltiradi.