BBC Sports tahlilchilari Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumidagi eng tezkor futbolchini aniqlashdi. Reytingda birinchi o‘rinni “Tottenxem” himoyachisi Mikki van de Ven egalladi.
Manbaga ko‘ra, niderlandiyalik futbolchi 37,1 km/soat tezlikka erishgan. Angliya chempionatining joriy mavsumida van de Ven oltita o‘yinda qatnashib, uchta golli uzatmani amalga oshirdi va ikkita sariq kartochka oldi.
APLning yetti turidan so‘ng “Tottenxem” o‘n ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.