Ispaniyaning “Barselona” futbol klubi 500 ming yevro jarimaga tortildi. Bu haqda Tiempo de Juego xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, CAS "Barselona"ni klub rahbariyati o‘n foiz televideniye huquqlarini sotishdan tushgan daromadni yashirgani uchun 500 ming yevro jarima to‘lashga majbur qiladi.
To‘qqiz turdan keyin “Barselona” 24 ochko bilan Ispaniya La Ligasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.