Joze Mourinyo "Fenerbaxche"ni boshqarganidan beri Rayan Kent Chempionlar ligasi saralashida "Lugano"ga qarshi o‘yinda atigi 68 daqiqa o‘ynadi. O‘shandan beri 27 yoshli vinger o‘z jamoasining qaydnomalariga kiritilmayapti.
Biroq futbolchi boshqa klub topish imkoniyatiga ega bo‘ladi. "Fenerbaxche"ning bayonotida aytilishicha, Rayan Kent bilan shartnoma tomonlarning o‘zaro kelishuvi bilan bekor qilingan.
Eslatib o‘tamiz, angliyalik futbolchi turk grandiga 2023 yilning yozida kelib qo‘shilgan va o‘tgan mavsumda u 18 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.