«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti Kilian Mbappe atrofidagi mish-mishlarga to‘xtalishni istamadi.
«Men bu yerga mish-mishlarga izoh berish uchun kelganim yo‘q. Men ularning gaplariga e’tibor bermayman. Men bor e’tiborimni u bajaradigan ishlarga qaratganman.
Tanaffusdan unumli foydalanib, ahvolini yaxshiladi.
U o‘zini juda yaxshi his qilmoqda, baxtli va o‘yinga qaytish va jamoa uchun muhim futbolchiga aylanish istagida.
Bu 15 kun unga katta yordam berdi, chunki u jarohatlarini yengishga ulgurdi.
Hozir u tanaffusgacha bo‘lgan davrdan farqli o‘yinchi», – dedi «Real» bosh murabbiyi.