"Bayer" sport direktori Florian Virsning ehtimoliy transferi haqida gapirdi.
21 yoshli yarim himoyachi uchun "Real", "Bavariya", "Man Siti" va "Arsenal" da’vogarlik qilayotgani avvalroq xabar qilingandi.
"Florian va uning oilasi bilan muloqot juda ochiq va ishonchli. Biz doimo uning "Bayer" bilan birgalikda rivojlanishi uchun eng yaxshi narsaga e’tibor qaratganmiz.
Shuning uchun u sotiladimi yoki sotilmaydimi degan savol biz uchun muammo emas", - deydi “Bayer” sport direktori Saymon Rolfes.