"Manchester Siti"ga qaytgan Ilkay Gyundogan dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb hisoblagan Pep Gvardiolani maqtadi. Nemis yarim himoyachisi nega bunday fikrda ekanligini tushuntirdi.
"Jamoaga qayta qo‘shilish juda yoqimli va juda oson bo‘ldi. Ko‘pchilik futbolchilarni allaqachon yaxshi bilaman. Menga “Manchester Siti”ning energiyasi yoqadi, ularning ko‘pini sog‘indim.
Gvardiolaning asosiy ustunligi? Raqiblar uning rejalarini o‘qiy olmasligiga ishonch hosil qilish uchun u har mavsum o‘z yondashuvini o‘zgartiradi. U shuningdek, tafsilotlarga nihoyatda e’tiborli, boshqalar ko‘rmagan narsani ko‘radi", - deydi Gyundogan.