"Manchester Yunayted" "Leypsig" hujumchisi Benjamin Sheshkoga qiziqish bildirmoqda.
"MYU" o‘tgan yozda "Bolonya"dan Joshua Zirkzeni 36,5 million funtga sotib oldi va bir yil avval boshqa hujumchi uchun 73 million funt sarflab, "Atalanta"dan Rasmus Xyoylundni olib keldi.
Ushbu ikki transferga qaramay, "Manchester Yunayted" hali ham gol uradigan hujumchiga yolchimayapti, shu sababdan rahbariyati Sheshko kabi hujumchini sotib olishni o‘ylamoqda.
Sheshko o‘tgan yozda "Leypsig"ga o‘tdi va "Arsenal"ning qiziqishini rad etdi, ammo Daily Mail nashri Benjaminni bir mavsumdan keyin Bundesliga klubini tark etishini kutmoqda.
Sheshko kelasi yozda yangi klubni tanlaganida, Chempionlar ligasida o‘ynash imkoniyati katta ahamiyatga ega bo‘ladi, bu yerda "Manchester Yunayted" mavsumni halokatli boshlaganidan keyin o‘ynash qiyin bo‘ladi.
Joriy mavsumda 21 yoshli sloveniyalik futbolchi Bundesliga va Chempionlar ligasining sakkizta uchrashuvida “Leypsig” safida beshta gol urdi.