"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Audi SQ8 e-tron mashinasini sotib oldi. Ushbu mashinaning narxi 98 ming yevroni tashkil etadi, deb xabar bermoqda Goal portali.
Xuddi shu mashinani Myunxen jamoasi bosh murabbiyi Vensan Kompani, shuningdek, Manuel Noyer, Yozua Kimmix va Erik Dayer kabi futbolchilar tanlagan.
Tomas Myuller, Alfonso Devis, Leon Goreska va Rafael Gerreyru Nimbus Greyda Audi RS e-tron GT rusumlarini tanlagan. Bu mashinani 145 ming yevroga sotib olishingiz mumkin.