"Bavariya" yarim himoyachisi Joau Palinya rafiqasi bilan ajrashmoqda.
Ularning birgalikda farzandi bor, bu, albatta, ajralish jarayonini murakkablashtiradi.
Palinya aliment sifatida oyiga 500 yevro to‘lashni taklif qilgan. Biroq portugaliyalik futbolchi oyiga taxminan 1 million yevro maosh oladi.
"Oyiga qariyb 1 million yevro maosh oluvchi futbolchi o‘z o‘g‘liga oyiga 500 yevro to‘lashni taklif qilishi hammani hayratda qoldirdi, ayniqsa onasi qachon ishga qaytishini hali ham bilmayotgan bir vaziyatda", dedi uning yaqin tanishi.