Serxio Konseysau o‘g‘li Fransiskoga faoliyatini Italiyada davom ettirishni tavsiya qildi.
O‘tgan yozda portugaliyalik vinger ijara asosida "Portu"dan "Yuventus"ga o‘tgandi. Keng tarqalgan xabarlarga ko‘ra, "keksa sinyora" futbolchini sotib olishni rejalashtirmoqda.
"U mendan maslahat so‘raganida, men A Seriyani tavsiya qildim, chunki bu dunyoning eng yirik klublaridan biri "Yuventus"ga o‘tish haqida edi.
Fransisko Italiya chempionatida o‘z xususiyatlarini ko‘rsata olishini bilardim. U kuchli jamoadoshlari va ajoyib murabbiy bilan o‘ynaydi", - dedi Serxio Konseysau.