Turinning "Yuventus" klubining fransiyalik yarim himoyachisi Pol Pogba "Manchester Yunayted" rahbariyatining sobiq bosh murabbiy Aleks Fergyusonga pul to‘lashni to‘xtatish haqidagi qaroriga izoh berdi.
"Men eshitgan yagona narsa, unga endi maosh berilmaydi. Ser Aleks Fergyuson har doim ser Aleks Fergyuson bo‘lib qoladi", - dedi Pogba Sky Sports bilan suhbatda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq "Manchester Yunayted"ni boshqargan shotlandiyalik murabbiy so‘nggi yillarda klub elchisi bo‘lib ishlab, buning uchun maosh olgandi. Xarajatlarni optimallashtirish doirasida "qizil iblislar" unga to‘lashni to‘xtatishga qaror qilishdi.