"Inter Mayami" va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi erishgan yutuqlari haqida gapirdi.
"Men barcha orzularimni amalga oshirishga muvaffaq bo‘ldim va bolaligimda orzu qilganimdan ham ko‘proq narsaga erishdim. Xudo menga buni berdi. Futbolchi sifatidagi eng katta orzum – jahon chempioni bo‘lishni amalga oshira oldim. Men hayotimning klubi bo‘lmish "Barselona" bilan ko‘p titullarni qo‘lga kiritdim. "Men "PSJ"da chempion bo‘ldim, endi esa "Inter Mayami" bilan chempionlik uchun kurashishga harakat qilyapman", - deya Messining so‘zlarini keltiradi Marca.