Balki siz payqamay qolgandirsiz, lekin Chexiya klublarining oshig‘i olchi.
Gap faqat 19 yil YECHLning yaqiniga yo‘lamagan «Sparta»ning endi 1-turdayoq «RB Zalsburg» darvozasiga 3ta javobsiz gol urganida emas. Chexlarning bir yo‘la 4 jamoasi yevrokubok musobaqalarining asosiy bosqichiga chiqdi. Hatto barcha - 5ta jamoa ham chiqishi mumkin edi. YEKL turniri saralashida «Banik» bundan atigi yarim yil avval YECHLning pley-off bosqichida o‘ynagan «Kopengagen»ga faqat penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berdi.
Shuningdek, Chexiya o‘z tarixida birinchi marta 2ta klubining eng nufuzli turnirdagi ishtirokiga guvoh bo‘lishiga yaqin turgandi. Saralash bosqichining hal qiluvchi bellashuvida ko‘plab xavfli vaziyatlarga ega bo‘lgan «Slaviya» qandaydir mo‘’jiza tufayli «Lill» darvozasiga 3-golini ura olmadi. Avvaliga Zafeyrisning 2ta zarbasini darvoza to‘sini bartaraf etdi. Keyin fransuzlar qo‘shimcha vaqtda darvoza daxlsizligini saqlab qoldilar. Agar «Slaviya» bitta gol urganida, 3:1 hisobi «Lill»ni keyingi bosqich yo‘llanmasidan mahrum qilardi.
Shunga qaramasdan, 5ta chex klubining umumiy ko‘rsatkichi bugungi holat bo‘yicha Chexiyaning yetakchi bo‘lishini ta’minladi. Eslati o‘tamiz, YECHLning yangi reglamentiga binoan, eng yaxshi koeffisiyentga ega bo‘lgan 2 mamlakatga turnirda 1ta o‘rin qo‘shib beriladi.
Hozirda reyting quyidagicha ko‘rinishda:
Chexiya - 6,300;
Portugaliya - 5,800;
Fransiya - 5,214;
Germaniya - 5,00;
Italiya - 4,875;
Angliya - 4,857;
Sloveniya - 4,625.
Shuni alohida ta’kidlab o‘tish lozimki, mavsumni top-2da yakunlash imkoniyati Chexiyada juda kam. Turnirlar top-ligalar vakillari keyinroq ochko jamag‘arishlariga mo‘ljallangan: amalda ular saralash bosqichlarida ishtirok etmaydilar, lekin ballarni pley-off bahslarining so‘nggi bosqichiga qadar to‘playdilar. Bir yil avval reytingda peshqadamlik qilgan Turkiya mavsumni 8-o‘rinda yakunlagani bunga misol bo‘la oladi.
Biroq nima bo‘lganda ham, Chexiya klublarining shiddati yaqqol sezilib turibdi. «Chempionat» 15 yilni Chexiyada o‘tkazgan va avval «Slovan» klubida, keyin «Dukla»da murabbiy-analitik sifatida ish yuritgan, hozirda Kiprning «Aris» klubida bosh analitik maqomida ishlayotgan Yuriy Dinaburskiyga murojaat qildi. Mutaxassis Chexiya klublari muvaffaqiyatining sabablarini quyidagicha izohladi.
Aynan shu uslub bilan «Mlada» Litvaning «Transinvest», Vengriyaning «Paksh» jamoalarini osonlikcha mahv etdi. Hech bo‘lmaganda, bitta yaqqol ustunlikka ega bo‘lgan jamoa saralash bosqichida muammoga duch kelmaydi. «Mlada» o‘zining tezligi va umuman, yuksak atletizmi bilan ajralib turadi. «Banik»ka esa, qur’ada omad kulib boqmadi. Agar u «Kopengagen»ga duch kelmaganida, shubhasiz, YEKLning asosiy bosqichida o‘ynagan bo‘lardi».
Sodiq SOBIR tayyorladi