Tomas Frank «Manchester Yunayted»ni qabul qilib olishi mumkin.
"Daily Mail" nashrining xabar berishicha, Tomas Tuxel Angliya terma jamoasini boshqarishga qaror qilganidan so‘ng, «Brentford»ning daniyalik ustozi Erik ten Xag iste’foga chiqarilsa, mankunianliklar bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzod bo‘lib oldi.
Frank «Brentford»da 2016 yildan beri ishlamoqda va 2018 yildan beri murabbiylar shtabini boshqarib keladi. 2023/24 yilgi mavsumda jamoa 16-o‘rinni egallagan bo‘lsa, hozirda 11-o‘rinda - «Manchester Yunayted»dan yuqorida.
E’tiborlisi, «Yunayted» navbatdagi turda – 19 oktyabr kuni aynan «arilar» bilan uchrashadi.