Aleks Baenaga «Atletiko Madrid» va Premyer-liganing top klublari qiziqish bildirmoqda.
"Marca" xabariga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisining bozor qiymati so‘nggi bir yil ichida 5 barobarga oshgan - 10 dan 50 million yevrogacha.
Baenaning shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan, «Vilyarreal» esa katta taklifni kutgan holda sotishga shoshilmaydi.
Ma’lum qilinishicha, futbolchiga «Atletiko Madrid» hamda APLning bir qancha grand jamoalari qiziqish bildirmoqda.
La Liganing joriy mavsumida Baena 8 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.