«Manchester Siti» darvozaboni Ederson Moraes klubning Pep Gvardiola davridan keyingi kelajagi haqida gapirdi.
Ispaniyalik murabbiyning «shaharliklar» bilan shartnomasi kelasi yozda tugaydi va u uzaytirilmasligi mumkin.
«O‘ylashimcha, «Manchester Siti» allaqachon Gvardiola o‘rnini egallashi kerak bo‘lgan murabbiyni topib qo‘ygan. Klub Gvardiola qo‘l ostida qanday yo‘nalishda harakat qilsa, o‘sha yo‘nalishda harakat qiladi. Albatta, uning ketishi katta yo‘qotish bo‘ladi, lekin biz dunyoning eng yaxshi klubi haqida gapiryapmiz va men «Manchester Siti» yangi davrga yaxshi tayyorgarlik ko‘rayotganini ko‘rmoqdaman», - deya Edersonning so‘zlarini keltiradi "ESPN Brasil".