«Manchester Siti» yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan jamoaga qaytishi haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, germaniyalik yarim himoyachi o‘tgan mavsumni «Barselona»da o‘tkazdi.
«Men jamoadoshlarim bilan muloqot qilishdan olgan energiyadan zavqlanaman. O‘tgan yili ko‘p odamlarni sog‘indim, shuning uchun qaytish uyimga qaytgandek bo‘ldi», - deya Gyundogan so‘zlarini keltirmoqda "City Xtra".
33 yoshli futbolchi 2016 yildan 2023 yilgacha «Manchester Siti»da o‘ynagan, shundan so‘ng bir mavsumni «Barselona»da o‘tkazib, Angliyaga qaytgan.