«Inter» yarim himoyachisi Pyotr Zelinski Polsha terma jamoasi safida jarohat oldi.
Italiya top-klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, yarim himoyachi tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, natijada uning o‘ng sonidagi mushaklarida zo‘riqish borligi aniqlangan. Pyotrning qancha vaqt davolanishi hozircha noma’lum.
Italiya A Seriyasining joriy mavsumida Zelinski to‘rtta o‘yin o‘tkazib, gol ura olmadi.