«Manchester Siti» Pep Gvardiola o‘rniga nomzodlar qidirmoqda.
Oldinroq «shaharliklar» Gvardiola ketgan taqdirda «Sporting»dan Ruben Amorimni taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgani haqida xabar berilgandi.
"The Athletic" xabariga ko‘ra, nomzodlar orasida Leverkuzenning «Bayer» ustozi Xabi Alonso ham bor.
Aytilishicha, «shaharliklar» xodimlari shu hafta klubda kamida yana ikki yil qolishi kutilayotgan bosh ijrochi direktor Ferran Sorianodan "City Football Group" (CFG) biznes va futbol faoliyatidagi yangi yuzlar haqida elektron xat olgan.