«Yuventus» Pol Pogbaning diskvalifikasiyasi qisqartirilganidan keyin bergan intervyusidan hayratda qoldi.
Oldinroq, doping taqiqi 4 yildan 18 oyga qisqartirilgan Pogba «Yuventus» tarkibida maydonga qaytishni istayotganini aytgandi: «Bu yerda o‘ynash uchun pulni qurbon qilishga tayyorman. Men o‘zimni maydonda ko‘rsataman va Motta o‘zi xulosa chiqara oladi», degandi.
"Tuttomercato" xabariga ko‘ra, Pogbaning intervyusi «Yuventus» bilan kelishilmagan. Turin klubi yarim himoyachining gaplaridan hayratda qoldi.
Qayd etilishicha, ayni damda fransiyalik futbolchi diskvalifikasiya muddati tugaganidan keyin jamoaga qaytishi uchun klubdan kerakli ruxsatni olmagan. «Yuventus» Pogbani kelajakdagi loyihaning bir qismi sifatida ko‘rmaydi, shuning uchun uning jamoaga qaytishi «deyarli imkonsiz».
Pogbaning turinliklar bilan shartnomasi 2026 yilda yakuniga yetadi.