«PSJ» Luis Enrikening bosh murabbiy sifatidagi faoliyatidan mamnun. Jurnalist Abdella Bulmaning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, parijliklar klubi allaqachon ispaniyalik mutaxassis bilan shartnomani yana ikki yilga uzaytirishga kelishib olgan.
Luis Enrike 2023 yilning yozida «PSJ»ni qabul qilib olgandi. O‘shandan beri jamoa 62 ta rasmiy o‘yin o‘tkazib, ularda 40 g‘alaba, 14 durang va 8 ta mag‘lubiyat qayd etgan. Parijliklar ayni damda Liga 1 turnir jadvalida «Monako»dan ikki ochko ortda qolib, ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.