Bugun, 10 sentyabr kuni FIFA tomonidan O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi ham boshqa jamoalar singari Toshkent shahridagi «Hyatt Regency» mehmonxonasiga joylashtirildi.
O‘FA va mahalliy tashkiliy qo‘mita vakillari O‘zbekiston futzal milliy terma jamoasi delegasiyasini tantanali tarzda kutib oldi va odatga ko‘ra esdalik sovg‘asi sifatida milliy do‘ppimiz sovg‘a qilindi.