Pep Gvardiolaning kelajagi muhokama qilinmoqda, chunki murabbiyning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2024/2025 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Ispaniyalik mutaxassis yaqin orada kelajagi borasida bir qarorga kelishi kutilmoqda.
Ayni paytda matbuotda Gvardiola haqida yangi malumotlar paydo bo‘ldi. "The Athletic" xabariga ko‘ra, agar «Manchester Siti» moliyaviy qoidabuzarliklar uchun jiddiy jazoga tortilsa, Gvardiola bilan shartnoma uzaytirilishi ehtimoli yuqori bo‘ladi. Gap shundaki, ispaniyalik murabbiy qiyin vaziyatda sevimli klubini tark etishni istamayapti.