Matbuotda bir necha kundan beri Kilian Mbappe atrofida uncha yaxshi bo‘lmagan xabarlar aylanmoqda. 25 yoshli fransuz Shvesiya poytaxti Stokgolmdagi mehmonxonada zo‘rlash voqeasida gumonlanmoqda. Ammo polisiya tergovida aniq Mbappening ismi keltirilmagan.
"Cadena SER" telekanalidagi "El Larugero" dasturi Mbappening pozisiyasi haqida ma’lumot berdi. «Real Madrid» futbolchisi bu xabarlarning matbuotda paydo bo‘lishi ortida «PSJ» prezidenti Nosir al-Xelayfiy turganiga ishonch bildirmoqda. Ilgari Kilian zo‘rlash haqidagi xabarni soxta deb atagan edi.
Mbappening fikricha, al-Xelayfiy unga tuhmat qilmoqchi. Aytgancha, ayni damda Kilian va «PSJ» o‘rtasida maosh va bonuslar bo‘yicha qarzlar bo‘yicha bahs bor.