"Arsenal" himoyachisi Aleksandr Zinchenko 23 oktyabr kuni "Believe" nomli avtobiografiyasini taqdim etadi.
Unda u havaskor futboldan dunyo cho‘qqilarigacha bo‘lgan sayohati haqida gapirib beradi. Shuningdek, Zinchenko kitobida Pep Gvardiola, Mikel Artetaning ish uslublari va elita futbolining hiyla-nayranglari haqida noyob ma’lumotlarni taqdim etishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, kitob Zinchenkoning Ukrainani maydonda va undan tashqarida qo‘llab-quvvatlash istaklari haqida ham so‘z ochadi.
"Arsenal" muxlislari ijtimoiy tarmoqlarda Aleksandrning ko‘p jarohat olishining asl sababi ma’lum bo‘ldi - u shunchaki kitob ustida ishlagani haqida hazillashmoqda.