Saudiyaning "Al-Hilol" klubi va Braziliya terma jamoasining 32 yoshli hujumchisi Neymar dunyoning ikkinchi raketkasi, ispaniyalik tennischi Karlos Alkaras va daniyalik Xolger Rune o‘rtasidagi uchrashuvga tashrif buyurdi (6:2, 6:4).
Saudiya Arabistonidagi Six Kings Slam ko‘rgazmali turnirida ushbu bahs bo‘lib o‘tdi.
"Seni ko‘rganimdan xursandman, uka... sen fenomensan", - deya Alkarasga murojaat qildi Neymar ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.