Misrlik hujumchi Muhammad Saloh kelasi yili “Liverpul”ni tark etishi mumkin.
Shu munosabat bilan mersisaydliklar unga o‘rinbosar qidirmoqda. Todofichajes jurnalistlarining yozishicha, ingliz klubi qiziqishlari orasida Braziliya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi hujumchisi Rodrigo ham bor.
"Liverpul" Rodrigo misrlik futbolchining o‘rnini munosib tarzda to‘ldira oladi, deb hisoblamoqda.
Shu bilan birga, "qirollik klubi" rahbari Florentino Peres Rodrigo bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti.
Futbolchining o‘zi ham "Los Blankos"da o‘ynashni davom ettirmoqchi. La Liganing joriy mavsumida 23 yoshli forvard 9 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi.