Jerar Pike mavsum davomida o‘yinlar sonini qisqartirishga chaqirdi.
"O‘yinlar juda ko‘p. O‘yinlar deyarli har uch kuni o‘tkaziladi, yozda dam olishga vaqtimiz yo‘q.
Agar jahon futbolida kuchim bo‘lganida o‘yinlar sonini kamaytirishni maslahat bergan bo‘lardim.
Millatlar ligasidek yangi musobaqani yaratishdan foyda yo‘q. Shuningdek, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatini ham o‘tkazmaslik kerak.
Ular ko‘proq pul ishlashni xohlashlarini tushunaman, lekin futbol uchun o‘yinlar kamroq bo‘lgani ma’qul, eksklyuziv va top o‘yinlar o‘tkazilsa yaxshi bo‘lardi va tomoshabinlarning ularga ergashishi ancha oson bo‘lardi.
Futbolchilar kamroq o‘yin o‘tkazishadi", - dedi “Barselona” va Ispaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi.