«Bavariya» yarim himoyachisi Jamol Musiala «Shtutgart»ga qarshi o‘yin oldidan tiklanish jarayonini ko‘rsatdi, deb xabar beradi "Bild".
21 yoshli germaniyalik futbolchining son qismida muammo borligi aniqlangan.
Manbaga ko‘ra, Jamol tiklanish borasida sezilarli yutuqlarga erishgan. Futbolchi mashg‘ulotlar hajmini oshirdi va 40 daqiqa davomida muvofiqlashtirish mashqlari va tezlik yugurishlarini bajara oldi. Musiala hali to‘p bilan ishlagani yo‘q.
Uning shanba kuni «Shtutgart»ga qarshi o‘yinda maydonga tushishi hozircha noma’lum.