"Liverpul" afsonasi, hozirda futbol eksperti bo‘lib ishlayotgan Jeymi Karrager germaniyalik mutaxassis Tomas Tuxelning Angliya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlanishiga munosabat bildirdi.
"Aytishim mumkinki, men eng vatanparvar odam emasman. Lekin men jamoamizga ingliz murabbiyi ustozlik qilishi kerak deb hisoblayman.
Ayni paytda jamoada yaxshi murabbiy bor", - deya mutaxassisning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal.com portali.