Madridning "Real" klubi qishki transfer oynasida markaziy himoyani kuchaytirmoqchi.
Madrid klubi himoyadagi qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun yanvar oyida transfer kampaniyasini faol o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Jurnalist Mario Kortexananing so‘zlariga ko‘ra, "Los-Blankos" hozirda uchta markaziy himoyachi variantini ko‘rib chiqmoqda: "Palmeyras"dan 18 yoshli Vitor Reys, "RB Leypsig"dan 21 yoshli Kastello Lyukeba va "An-Nasr"dan 30 yoshli Emerik Laport.
Transfermarkt portali ekspertlari Reysning narxini 10 million yevroga, Lukebani 40 millionga, Laportni 20 millionga baholamoqda.