"Bavariya" boshqaruv kengashi a’zosi Karl-Xayns Rummenigge Vensan Kompani qo‘l ostidagi jamoaning o‘yin uslubi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Kompani uslubi juda xavflimi? Men bu tanqidni tushunaman. Ammo "Bavariya"ning eng muvaffaqiyatli davri qachon bo‘lgan? 2012 yildan 2021 yilgacha. Bu vaqt ichida klubda turli murabbiylar bor edi, lekin ularning o‘ziga xosligi o‘xshash edi – barchasi hujumkor, qiziqarli, to‘pga egalik qilishga qaratilgan futbol o‘ynashni xohlardi. Ushbu yondashuv tufayli biz avvalgidan ko‘ra ko‘proq sovrinlarni qo‘lga kiritdik.
O‘ylaymanki, o‘yinchilar Vensandan yana o‘zlari yoqtirgan uslubda o‘ynashga imkon bergani uchun minnatdor", - dedi Rummenigge Kicker nashriga.