"Yuventus" klubining fransiyalik futbolchisi Pol Pogba o‘zini boshqa klubda ko‘rmayotganligini aytdi.
Turinliklar 31 yoshli yarim himoyachining diskvalifikasiya muddati 4 yildan 18 oyga qisqartirilganiga qaramay, uning xizmatlaridan bosh tortishi mumkin. Futbolchining o‘zi hali ketish haqida o‘ylamayapti.
"Milan"ga ko‘chib o‘tmoqchimisiz? Bu mumkin emas. Men o‘zimni boshqa klub libosida ko‘rmayapman. Men bor e’tiborimni yana "Yuventus"da o‘ynashga qaratganman", dedi Pogba Sky Sport nashriga bergan intervyusida.