"Chelsi"ning sobiq bosh direktori Marina Granovskaya o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi shaxsiy sahifasida Angliya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy germaniyalik Tomas Tuxelning kelishiga munosabat bildirdi.
Faoliyatining avvalida Tomas "Chelsi"ni boshqargan, u bilan birga londonliklar UYEFA Chempionlar Ligasi kubogini yutgan;
"Tomas sovrinlar nima ekanligini biladi. Tuxel va Angliyani tabriklayman. 2026 yilgi jahon chempionati yanada qiziqarli bo‘ldi", deb yozadi Granovskaya.