Xitoy futbol assosiasiyasi 43 nafar futbolchini kelishilgan o‘yinlarda qatnashgani uchun bir umrga futboldan chetlatdi.
Xitoy Jamoat xavfsizligi vazirligi sport sohasidagi korrupsiya va noqonuniy qimor o‘yinlari bo‘yicha ikki yillik tergovni yakunladi, deb xabar bermoqda.
Tergov natijasida Xitoyda futboldan umrbod chetlatilgan 128 kishi, jumladan, 43 nafar futbolchi javobgarlikka tortiladi.
Kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etgan sportchilar ro‘yxatidan Koreya terma jamoasi futbolchisi Song Jun Xo, shuningdek, Xitoy terma jamoasining sobiq futbolchisi Jin Jingdao ham bor.