Mashhur sobiq futbolchi Gari Lineker Tomas Tuxelning Angliya terma jamoasiga bosh murabbiy etib tayinlangani haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Chorshanba kuni Tuxel 2025 yilda «Uch sherlar» bilan ishlashni boshlashi ma’lum bo‘ldi.
«Tuxel Sautgeytdan farqli ravishda boshqa turdagi murabbiy. Hujumkor o‘yin borasida u ko‘proq tajovuzkor bo‘ladi. Tuxel taktik jihatdan dono va menimcha, u Sautgeyt davridagidan ko‘ra ko‘proq hujumkor o‘ynaydi. Tomas jamoani birlashishga va o‘ziga ishonishga majbur qila oladimi, buni ko‘rish qiziq bo‘ladi», - deya Lineker so‘zlarini keltiradi "BBC".
Kelasi yili Yevropada 2026 yilgi jahon chempionatiga saralash boshlanadi.