Chorshanba kuni 2025 yildan boshlab Angliya terma jamoasining bosh murabbiyi Tomas Tuxel bo‘lishi e’lon qilindi.
Matbuot anjumanida nemis mutaxassisi «Manchester Yunayted» bilan ishlash o‘rniga nima uchun bu lavozimni tanlagani haqidagi savolga javob berdi.
«Mark va Jon g‘oyani juda tez va maxfiy tarzda taqdim etishdi. Hammasi juda oddiy bo‘ldi. Bu qaror boshqa biror ish o‘rniga emas, balki aynan shu lavozim foydasiga qabul qilindi», - deya izoh berdi Tuxel jurnalistlarga.