2025 yildan boshlab Tomas Tuxel Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi bo‘ladi. Matbuot anjumanida Angliya futbol assosiasiyasining bosh direktori Mark Bullingem boshqa nomzodlar haqida fikr bildirdi.
«Butun jarayon maxfiy tarzda o‘tdi. Men tushunaman, bu ba’zan odamlarni xafa qiladi, lekin biz maxfiy tarzda harakat qilishimiz kerak edi - biz uchun va eng muhimi, nomzodlar uchun. Biz o‘nga yaqin murabbiylar, jumladan, angliyalik ba’zi nomzodlar bilan muzokaralar olib bordik», dedi Bullingem matbuot anjumanida.
Yevro-2024dan so‘ng Garet Sautgeyt Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Li Karsli jamoani vaqtincha qabul qilib oldi.