Madridning “Real” klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich faoliyatini yakunlamoqchi emas.
39 yoshli futbolchining "qirollik klubi" bilan shartnomasi joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng tugaydi, ammo xorvatiyalik futbolchi butsalarini tezda mixga osib qo‘ymoqchi emas.
Marca xabariga ko‘ra, Modrich "Real" bilan shartnomasini uzaytiradi va 2026 yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etadi.
Jahon chempionati vaqtida faxriy deyarli 41 yoshda bo‘ladi.