Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente Millatlar ligasi guruh bosqichi 4-turi doirasida Serbiya terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuv haqida gapirdi. «Qizil furiya» 3:0 hisobida zafar quchdi.
«Menga bizning o‘yinimiz yoqdi. Men jamoaning shunday o‘ynashda davom etishini istayman. Yuqori saviyada o‘tkazilgan bahs bo‘ldi. Biz jamoani qurishda davom etamiz. Hozir bizda ajoyib futbolchilar ko‘p. Jamoa guruhdagi qolgan o‘yinlarda g‘alaba qozonib, pley-offga chiqish niyatida», — dedi De la Fuente.