Pirs Morgan "Manchester Yunayted"ning Aleks Fergyusonga munosabatini "ayanchli va achinarli" deb atadi.
"Manchester Yunayted" xarajatlarni kamaytirish maqsadida 82 yoshli Fergyusonga klub elchisi sifatidagi ishi uchun maosh berishni to‘xtatdi.
Sobiq murabbiy klubdagi bu lavozimidan yiliga 2 million funt ishlab olgan.
"Yunayted"ning sobiq futbolchisi Erik Kantona qarorni tanqid qildi: "Ser Aleks doim mening xo‘jayinim bo‘lib qoladi! Va men hammasini katta axlat xaltasiga tashlayman! ”
"Yaxshi aytdingiz, janob Kantona. Bu juda achinarli", deb yozgan teleboshlovchi va “Arsenal” muxlisi Morgan.