Lionel Messi so‘nggi 7 yil ichida terma jamoa safida rasmiy o‘yinlarda 2 ta xet-trik qayd etgan.
Bugun 37 yoshli argentinalik forvard JCH-2026 saralashi doirasida Boliviya (6:0) darvozasini uch bor ishg‘ol qildi.
E’tiborlisi, rasmiy o‘yindagi oldingi xet-trik ham boliviyaliklar bilan o‘yinda qayd etilgan - bu 2021 yilning sentyabr oyida JCH-2022 saralash o‘yinida (3:0) bo‘lgandi.
Boshqa raqibga qarshi rasmiy o‘yinda so‘nggi xet-trikni Leo 2017 yilning 10 oktyabr kuni JCH-2018 saralashi doirasidagi o‘yinda Ekvador darvozasiga (3:1) kiritgandi.