Lionel Messi xet-triklar soni bo‘yicha Krishtianu Ronaldu bilan farqni qisqartirdi.
Bugun Argentina terma jamoasining 37 yoshli hujumchisi JCH-2026 saralash bahsida Boliviya terma jamoasiga uchta gol urdi (6:0).
Endi uning hisobida 58 ta xet-trik bor. 39 yoshli «An-Nasr» futbolchisi esa 66 bor 1 o‘yinda 3 bor raqib darvozasiga yo‘l topgan.
Shu bilan birga, 29 ta holatda Ronaldo kamida bitta penaltidan gol urgan. Messida bunday o‘yinlar soni 12 ta.