Madridning "Real" klubi himoyachisi Xesus Valyexo bosh murabbiy Karlo Anchelotti maslahatiga amal qilmadi.
Italiyalik mutaxassis 27 yoshli futbolchiga "Los-Blankos" darajasida emasligini ochiq aytdi, deb xabar beradi Diario AS. Klub o‘yin amaliyotidan chetda qolmaslik uchun Valyexoni ketishga undagan, ammo u zaxira o‘yinchisi rolini tanlagan.
Himoyadagi jarohat bilan bog‘liq muammolarga qaramay, "Real Madrid" Xesus Valyexo uchun hech qanday istiqbol ko‘rmayapti, shuning uchun markaziy himoyachi o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘lishi dargumon.
Ispaniyalik futbolchining shartnomasi kelasi yilning o‘rtalarida tugaydi. Joriy mavsumda futbolchi faqat bir marta maydonga tushdi.