"Manchester Yunayted"ning ishonchsiz o‘yinlari klubning transfer bozoridagi ishlarini qiyinlashtirmoqda.
"Qizil iblislar" yetti turdan keyin APL turnir jadvalida 14-o‘rinda bormoqda. Mail Sport xabariga ko‘ra, "Yunayted"ning ikkita noma’lum transfer maqsadi jamoaning hozirgi holati va bosh murabbiy Erik ten Xag bilan bog‘liq noaniqlik tufayli potensial transferni rad etdi.
Agar vaziyat yaxshilanmasa, niderlandiyalik murabbiy tez orada ishdan bo‘shatilishi mumkin.