"Manchester Siti" Pep Gvardiolaning o‘rniga ehtimoliy nomzodlarni o‘rganmoqda.
Ispaniyalik murabbiy mavsum yakunida “shaharliklar” boshqaruvidagi lavozimini tark etishi mumkin - u iyun oyida tugaydigan shartnomasini uzaytirmasligini istisno etmaydi.
Jurnalist Jeykob Shtaynbergning fikricha, Lissabonning “Sporting” klubidan Ruben Amorim Gvardiola o‘rniga birinchi raqamli nomzod sifatida ko‘rilmoqda.